Bosh sahifa

Boshqaruv Kadrlarni Tayyorlash dasturi butun O’zbekiston boshqaruv jamiyatining odam kapitalini mustahkamlashga qaratilgan va ayniqsa kichik va o’rta biznes sektorida korxonalarning unumdorligini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga, ularning YaIMdagi ulushini oshirishga mo’ljallangan.

 

«Boshqaruv Kadrlarni Tayyorlash dasturi – O’zbekiston kichik va o’rta biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini mustahkamlash» loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va WYG International Limited (Buyuk Britaniya), Parij Il-de-Frans Savdo-sanoat Palatasi (Fransiya), Birmingem Savdo-sanoat Palatasi (Buyuk Britaniya),  PLANET S.A. (Gretsiya) hamda Anticrisis Management Consulting (O’zbekiston) dan iborat Konsortsium boshchiligida European Profiles S.A. (Gretsiya) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Loyihaning asosiy maqsadi – kichik va o’rta biznes korxonalarni samarali boshqarish uchun yuqori malakali tadbirkolar va menejerlar sonini oshirish (inson kapitalini rivojlantirish) va ularning uzoq muddatli jadal rivojlanishini ta’minlab berish.

 

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida malaka oshirish davomida o’zbek menejerlari Yevropa hamkasblari bilan tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv usullarini o’rganish, Yevropada ish yuritish shakllarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zbek korxonalar uchun asosiy manfaat – Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi korxonalar bilan aloqa o’rnatish hamda o’z raqobatbardoshligini va ish yuritish faoliyati unumdorligini oshirish.


So'ngi yangiliklar
Loyihaning so’nggi yangiliklari bilan tanishishingizni taklif etamiz. Barcha yangiliklar bu yerda
03 Oct
Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

3 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish
02 Oct
"Uzbekiston - Yunoniston" Biznes Forumi

Toshkentda 30 sentyabr- 1oktyabr kuni "O'zbekiston-Yunoniston" Biznes Forumi bo’lib o’tdi.

2 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish
11 Sep
Networking Event of MTP Internship Participants

Project MTP internship participants organized second in a row networking event for new business connections and exchange of business contacts and ideas.

11 Sentyabr 2017 | Davomini o'qish
28 Aug
BIZNESNI QO’LLAB-QUVVATLOVCHI TASHKILOTLARNING XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH BO’YICHA MUROJAT

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan MTP loyihasi malaka oshirish bo’yicha murojaatnomalar qabulini e’lon qiladi.

28 Avgust 2017 | Davomini o'qish