Loyiha haqida

Boshqaruv Kadrlarni Tayyorlash dasturi butun O’zbekiston boshqaruv jamiyatining odam kapitalini mustahkamlashga qaratilgan va ayniqsa kichik va o’rta biznes sektorida korxonalarning unumdorligini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga, ularning YaIMdagi ulushini oshirishga mo’ljallangan.

 

Loyihaning moliyalashtirilishi va Konsortsiumi

 

«Boshqaruv Kadrlarni Tayyorlash dasturi – O’zbekiston kichik va o’rta biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini mustahkamlash» loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va WYG International Limited (Buyuk Britaniya), Parij Il-de-Frans Savdo-sanoat Palatasi (Fransiya), Birmingem Savdo-sanoat Palatasi (Buyuk Britaniya),  PLANET S.A. (Gretsiya) hamda Anticrisis Management Consulting (O’zbekiston) dan iborat Konsortsium boshchiligida European Profiles S.A. (Gretsiya) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Benefitsiarlar, hamkorlar va ularning O’zbekistondagi hissalari

 

O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi loyihaning asosiy benefitsiari hisoblanadi va loyihaning hamkori sifatida ish yuritadi.

Loyihani amalga oshirishda O’zbekiston SSP logistik va texnik yordam, O’zbekistonda treninglar o’tkazish uchun sharoit yaratib berishda o’z hissasini qo’shadi.

Boshqa mahalliy Biznesni qo’llab-quvvatlashga doir tashkilotlar ham loyihaning vositali benefitsiarlari hisoblanadi.

 

Loyiha maqsadlari, tarkibi va maqsadli guruhlari

 

Loyihaning asosiy maqsadi – kichik va o’rta biznes korxonalarni samarali boshqarish uchun yuqori malakali tadbirkolar va menejerlar sonini oshirish (inson kapitalini rivojlantirish) va ularning uzoq muddatli jadal rivojlanishini ta’minlab berish.

 

Amalga oshirish usullari va maqsadli guruhlari

 

Loyihaning maqsadlariga erishish uchun menejerlar va tadbirkorlarni o’qitish bo’yicha quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

 

  • Kichik va o’rta biznes korxonalarining menejerlar / tadbirkorlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida malakalarini oshirish;
  • O’zbekiston Biznesni qo’llab-quvvatlashga doir tashkilotlarning ekspertlarini YeI mamlakatlarida malakalarini oshirish (kamida 115 qatnashuvchi);
  •  «Trenerlar uchun Treninglar» dasturi orqali Savdo-sanoat Palataning va boshqa Biznesni qo’llab-quvvatlashga doir tashkilotlarning ekspertlarining salohiyatini mustahkamlash va malakasini oshirish;  
  • «Trenerlar uchun Treninglar» dasturi orqali erkin ish jadvalli (shtatdan tashqari) trenerlar va maslahatchilarning salohiyatini oshirish;

 

Treninglarda hamda malaka oshirish tadbirlarida qatnashish barcha O’zbekiston qatnashchilariga va YeI mamlakatlaridagi taklif qiluvchi korxonalarga bepul.

Yo’l harajatlari (400 Evro hajmida har bir ishtirokchining avia chipta uchun o'z hissasidan tashqari), Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida malaka oshirish paytida yashash harajatlari, viza va kafolat harajatlari loyiha tomonidan qoplanadi.

 

Muddatlar

 

Mazkur loyiha 2013 yilning avgust oyida boshlandi va 2018 yilning sentabr oyigacha davom etadi.

 

Loyihaning manfaatlari

 

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida malaka oshirish davomida o’zbek menejerlari Yevropa hamkasblari bilan tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv usullarini o’rganish, Yevropada ish yuritish shakllarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

O’zbek korxonalar uchun asosiy manfaat – Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi korxonalar bilan aloqa o’rnatish hamda o’z raqobatbardoshligini va ish yuritish faoliyati unumdorligini oshirish.

 

Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi korxonalar O’zbekiston korxonalari bilan aloqa o’rnatish va ish faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

Loyiha Yevropa Ittifoqi korxonalarini maksimal ba maqsadli qamrab olib, ularni qiziqtirish, rag’batlantirish va loyihada qatnashish uchun O’zbekistonda barcha mavjud bo’lgan tarmoqlardan va aloqalardan hamda o’z Konsortsium a’zolari orqali foyda chiqarishga qaratilgan.