Malaka oshirish. Savollar va javoblar

1. BKOD loyihasining malaka oshirish dasturida kimlar qatnashishi mumkin?

Malaka oshirish dasturida O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan kichik biznes

korxonalarining boshqaruvchilari yoki o’rta va yuqori pog’onadagi menejerlari qatnashishlari

mumkin.

 

2. Malaka oshirishlar faqatgina O’zbekiston fuqarolari uchun mo’ljallanganmi?

Ha, malaka oshirish bo’yicha barcha nomzodlar O’zbekiston fuqaroligida bo’lishlari shart.

 

3. Malaka oshirishda qatnashish bo’yicha yosh chegarasi bormi?

Malaka oshirishda yosh chegarasi yo’q. Biroq, nomzod tanlov shartlarida ko’rsatilgan eng

kam ish malakasiga ega bo’lishi shart.

 

4. Nomzodlar uchun tanlov shartlari qanday?

Kichik biznes korxonalari va menejerlar uchun tanlov shartlariga o’tish uchun, iltimos, bu

yerga bosing.

 

5. Korxonalar va ularning menejerlari iqtisodiyotning qaysi sektorlaridan tanlab

olinadilar?

BKOD loyihasining rejalashtirililayotgan malaka oshirishlari bo’yicha maqsadli sektorlari

ro’yxati, ushbu sektorlarning O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o’rnining

muhimligi, shuningdek, hukumatning kichik biznesni rivojlantirishga yo’naltirgan siyosati

inobatga olingan komplex uslubiyat asosida yaratilgan. Sektorlarning to’liq ro’yxatini bu

yerdan yuklab olish mumkin.

 

6. Murojaatnoma topshirish jarayoni qachon boshlanadi?

Malaka oshirish bo’yicha tanlovni 2014 yil may oyi o’rtalarida ochiq deb e’lon qilish

mo’ljallangan. Murojaatnomalar qabulining boshlanishi televideniye, radio, gazeta va veb-

saytlarni o’z ichiga olgan ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. Qiziqqan shaxslarga

loyihaga aloqador istalgan ma’lumot olish uchun ilk manba sifatida BKOD loyihasining

saytiga kirib turish tavsiya etiladi.

 

7. Malaka oshirish dasturida qatnashish uchun men murojaatnomani qanday taqdim

qilishim mumkin?

Malaka oshirish dasturida qatnashish bo’yicha murojaatnomalar loyihaning saytida onlayn

ravishda qabul qilinadi. Murojaatnoma shakli va boshqa qo’shimcha xujjatlarni to’ldirish

bo’yicha batafsil qo’llanmalar ham loyihaning saytida ko’rsatiladi.

 

8. Malaka oshirish dasturi bo’yicha nechta qatnashchi tanlab olinadi?

BKOD loyihasi uch yil davom etishi mo’ljallanganligi tufayli, 2014-2016 yillar mobaynida

YI kompaniyalarida malaka oshirish bo’yicha uchta bosqich o’tkazish mo’ljallangan. Ushbu

davr ichida O’zbekistondagi kichik biznes menejerlarining kamida 115tasini yuborish

mo’ljallangan.

 

9. Malaka oshirishning muddati qancha?

Malaka oshirish muddati 2-4 hafta (alohida xolda - 5 hafta) bo’lishi kutilmoqda.

 

10. Har bir alohida malaka oshirish uchun YI mezbon kompaniyalari qanday yo’l bilan

tanlanishi/tayinlanishi mumkin? Mezbon kompaniyani tanlashda nomzod ham

qatnashishi mumkinmi?

YI mezbon kompaniyalari loyiha konsortsiumi, O’zbekistondagi YI mamlakatlari

elchixonalari, O’zR SSP va boshqa tashkilotlarning mavjud tarmog’i ichidan malaka oshirish

uchun tasdiqlangan iqtisodiyot sektorlariga asosan tanlab olinadi

Ha, malaka oshirishga tanlangan nomzodlar ham mezbon kompaniyalar bo’yicha o’z

takliflarini berishlari mumkin (masalan, agarda nomzodning YI mamlakatlarida uni malaka

oshirishga qabul qilishga tayyor bo’lgan hamkor-kompaniyalari bo’lsa). Taklif qilinayotgan

kompaniyaning shartlarga munosibligi to’g’risidagi yakuniy qarorni BKOD loyihasi qabul

qiladi.

 

11. Malaka oshirishga aloqador harajatlar qanday qoplanadi?

Yo’l harajatlari (nomzodning aviabilet uchun 400 yevrolik shaxsiy hissasi bundan mustasno),

YI mamlakatlarida istiqomat qilish, viza va sug’urta rasmiylashtirish bo’yicha barcha

harajatlar BKOD loyihasi tarafidan qoplanadi.

 

12. Mening javob topilmagan qo’shimcha savollarim bor. Batafsilroq ma’lumot olish

uchun kim bilan bog’lanishim kerak?

Iltimos, “Aloqalar” bo’limida ko’rsatilgan ma’lumotlar orqali biz bilan bog’laning.