Yangiliklar

Nukusda “Biznes Reja Tayyorlash" mavzusida seminar

Nashr qilingan: 28 Noyabr 2016

2016 yilning 24-25 noyabr kunlari davomida, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tasdiqlagan ko’rgazmali seminarlar tashkillashtirish jadvaliga asosan, SSP Nukus filiali qoshidagi O'quv Markazi tomonidan mustaqil ravishda “Biznes reja tayyorlash" mavzusida seminar tashkillashtirildi va o’tkazildi.

 

Ushbu seminarga Qoraqalpog'iston Respublikasi transport, xizmat ko'rsatish va savdo sohalari ishbilarmon doiralari vakillari, Qoraqalpoq Davlat Universiteti va Nukus kolleji talabalari, shuningdek, Savdo-sanoat Palatasi boshqaruv xodimlari, jami 14 nafar ishtirokchi qatnashdi.

 

Seminar davomida, O’quv Markazi trenerlari R.Zarikeev va K.Azerbaev tinglovchilarga o'z biznesini yaratish asoslari, biznes reja va uning tuzilmasini tayyorlash bo’yicha amaliy tadbirlar va xususiyatlar, hujjatlarni tayyorlashning optimal hajmi (25-30 sahifa), shuningdek, biznes-rejaning tayyorlanishi kerak bo’lgan qisqacha tavsifi to’g’risida batafsil ma'lumot berdilar.

 

Shu bilan birga, ishtirokchilarga yangi korxona faoliyatining byudjeti, ishlab chiqarish rejasi, prognozi va tavakkalchilik hisobini to’g’ri tuzish, va keyinchalik respublika tijorat banklaridan kredit mablag'larini olish bo’yicha zarur bilimlarni olishga imkoniyat yaratib berildi.

 

Tinglovchilarning alohida e'tibori, biznes g'oyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun samarali marketing tadqiqotlariga jalb qilindi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalarining boshqaruv va ishlab chiqarish tizimlarini uzluksiz yangilsh (samarali yangiliklar kiritish) falsafasidan foydalanuvchi Yaponiya korxonalari va firmalarining samarali rivojlanish mexanizmi sifatida "Kaydzen" yapon tizimining asosiy qoidalari ochib berildi.

 

Ushbu seminar multimedia vositalaridan foydalangan holda va interaktiv suhbat (guruh ichida ishlashni o’z ichiga olgan holda) ko’rinishida o’tkazildi va unda tinglovchilar byudjet to'lov stavkalari darajalari va soliq imtiyozlari, tadbirkorlar uchun ruxsatnomalarni olishga sarflanadigan vaqtni kamaytiruvchi “Yagona darcha” tizimidan foydalanish afzalliklari kabi qiziqarli savollarga batafsil javoblar oldilar.

 

Seminar yakunida Savdo-sanoat Palatasining hududiy boshqarmasi rahbariyati tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.


So'ngi yangiliklar
Loyihaning so’nggi yangiliklari bilan tanishishingizni taklif etamiz. Barcha yangiliklar bu yerda
01 Mar
O'quv Markazlari rahbarlari uchun trening

O'quv Markazlari rahbarlari uchun trening

1 Mart 2018 | Davomini o'qish
06 Feb
2018 yilning birinchi stajirovkalari

2018 yilning birinchi stajirovkalari

6 Fevral 2018 | Davomini o'qish
19 Dec
Dekabr oyida networking uchrashuv

Dekabr oyida networking uchrashuv

19 Dekabr 2017 | Davomini o'qish
18 Dec
Qarshi shahrida tayyorlov trening

Qarshi shahrida tayyorlov trening

18 Dekabr 2017 | Davomini o'qish