Yangiliklar

"Kichik va o’rta biznes korxonalariga nisbatan soliq qonunchiligi" mavzusidagi seminar

Nashr qilingan: 30 Noyabr 2016

2016 yilning 29-noyabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tasdiqlagan ko’rgazmali seminarlar tashkillashtirish jadvaliga asosan, Qashqadaryo SSP qoshidagi O'quv Markazi tomonidan “Kichik va o’rta biznes korxonalariga nisbatan soliq qonunchiligi" mavzusida seminar mustaqil ravishda tashkillashtirildi va o’tkazildi.

 

Ushbu seminarda to'qimachilik sanoati, innovatsion texnologiyalar, qurilish, fermer xo’jaliklari, savdo, xizmat ko’rsatish (tipografiya, foto va xokazo), transport logistikasi faoliyatlari vakillari, shuningdek, Qashqadaryo viloyati SSP boshqaruv xodimlari, jami 22 nafar (shu jumladan 8 ayol) ishtirokchi qatnashdi.

 

Seminar davomida D.Amirkulova (O’quv Markazi treneri), A.Saidov (Soliq boshqarmasi boshlig’i) va E.Yusupov (SSP yuridik boshqarmasi boshlig’i) tomonidan tinglovchilarga 05.10.2016 yildagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yahshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” 4848-sonli Prezident Farmoyishi, kichik korxonalardagi soliqqa tortish tizimi va ayniqsa, O’zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari uchun berilgan soliq imtiyozlari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Xususan, 2017 yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini barcha turdagi rejadan tashqari tekshirishlar, qarama-qarshi tekshirishlarning bekor qilinishi, xorijiy sarmoya kiritilgan korxonalariga tashkil topganidan boshlab 5 yil davomida soliq imtiyozlari berish, eksport shartnomalarini ro’yxatga olishni bekor qilish va boshqalar to’g’risida alohida ta’kidlab o’tildi.

 

Ma’ruza qilganlar tomonidan, tadbirkorlik subyektlariga huquqiy madad berish, qonunchilikning meyor va talablarini amalda qo’llash, tadbirkorlik subyektlarining haq-huquqi va qonuniy manfaatlariga amal qilish ushbu hujjat orqali amalga oshirilganligi ta’kidlandi.     

 

Ushbu seminar multimedia vositalaridan foydalangan holda va interaktiv suhbat ko’rinishida o’tkazildi va unda tinglovchilar turli xildagi tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishlari davomidagi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari haqidagi savollariga batafsil javoblar oldilar.


So'ngi yangiliklar
Loyihaning so’nggi yangiliklari bilan tanishishingizni taklif etamiz. Barcha yangiliklar bu yerda
24 Nov
Namangan shahrida tayyorgarlik treningi

Namangan shahrida tayyorgarlik treningi

24 Noyabr 2017 | Davomini o'qish
24 Nov
Toshkent shahrida tayyorgarlik treningi

Toshkent shahrida tayyorgarlik treningi

24 Noyabr 2017 | Davomini o'qish
03 Oct
Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

3 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish
02 Oct
"Uzbekiston - Yunoniston" Biznes Forumi

Toshkentda 30 sentyabr- 1oktyabr kuni "O'zbekiston-Yunoniston" Biznes Forumi bo’lib o’tdi.

2 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish