Yangiliklar

Buxoroda "Tadbirkorlikdagi amaliy buxgalteriya" mavzusidagi ko'rgazmali seminar bo’lib o’tdi

Nashr qilingan: 5 Dekabr 2016

2016 yilning 1-dekabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tasdiqlagan ko’rgazmali seminarlar tashkillashtirish jadvaliga asosan, Buxoro SSP qoshidagi O'quv Markazi tomonidan “Tadbirkorlikdagi amaliy buxgalteriya" mavzusida seminar mustaqil ravishda tashkillashtirildi va o’tkazildi.

 

Ushbu seminarda fermer xo’jaliklari, to'qimachilik sanoati, innovatsion texnologiyalar, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish (tipografiya, foto va xokazo), transport logistikasi faoliyatlari vakillari, shuningdek, Buxoro viloyati SSP boshqaruv xodimlari, jami 16 nafar (shu jumladan 7 ayol) ishtirokchi qatnashdi.

 

Seminar davomida I.Sharipov (“Kamolot Yoshlar Harakatining bosh biznes-treneri) va M.Sadikova (Buxoro O’quv Markazining bosh treneri) tomonidan tinglovchilarga kichik va o'rta biznes korxonalari misollarida kichik va o'rta korxonalarning konseptual jihatlari, ushbu korxonalarda buxgalteriya hizmatini yo’lga qo’yish turlari va usullari, buxgalteriya boshqarmalari/bo'limlarining tuzilishi (material bo’lim, maosh bo’limlari, sotish va hokazo), shuningdek, buxgalteriya olib borishning amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Tinglovchilarning alohida e'tibori amaldagi qonunchilik aktlari va normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda samarali moliyaviy hisob-kitoblar siyosatini yo’lga qo’yish, bino va inshootlar uchun soliq to’lovlarini hisoblab chiqish, kommunal hizmatlar va korxonaning umumxo’jalik faoliyati masalalariga qaratildi. Buxgalteriya hizmati boshqaruvchilari tomonidan o’z vazifalariga ma’suliyatli yondoshish va o’z majburiyatlarini boshqarma/bo’limning boshqa hodimlariga o’tkazishga yo’l qo’ymaslik kerakligi ta’kidlab o’tildi.

 

Shuningdek, seminar qatnashchilari respublikamizda amalda qo’llanilayotgan va xalqaro standartlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobi meyyorlari, buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash va davlat statistika bo’limlariga topshirish muddatlari, korxonalarda buhgalteriya hisobotlarini saqlash muddatlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 

Interaktiv dialog davomida, kichik va o’rta biznes korxonalarining kundalik faoliyatlari davomida duch keladigan muammoli masalalarini o’z ichiga olgan holda, korxonalardagi buxgalteriya ishlarini olib borishning amaliy jihatlari ochib berildi.

 

Xususan, korxonaning barqaror ishlashini ta’minlash, kreditlar olish va unga hizmat ko’rsatish uchun boshqaruvchi va bosh hisobchining kelishilgan holda ish yuritishi kerakligi belgilab o’tildi. Korxonaning rivojlanish strategiyasini to’g’ri shakllantirish bo’yicha buxgalterlarning javobgarligi, buxgalterlar tomonidan o’rtaga chiqishi mumkin bo’lgan muammolar haqida korxonaning boshqaruvchisiga o’z vaqtida yozma ma’lumot berish kerakligi belgilab o’tildi.  

 

Shu bilan birga, buxgalteriya hizmatlari tomonidan nazorat organlariga jazolarni oldini olish maqsadida, korxonaning xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida berish kerakligiga e’tibor qaratildi.

 

Seminar davomida, kichik va o’rta biznes uchun qisqa muddatli kreditlar olish (9% stavkali), respublikaning moliya muassasalarida o’z biznes rejalarini qonunga amal qilingan holda himoya qilish, mavjud soliq qarzlari bo’yicha hisobotlar tayyorlash, soliq organlaridagi qarzdorliklarni qaytarish talabnomalarini tuzish, elektron tizim orqali turli soliqlarni to’lash uchun hisob raqamlariga tushayotgan mablag’larni taqsimlash usullarini o’z ichiga olgan holda buxgalteriya hisobini olib borish masalalari bo’yicha konstruktiv fikr almashuvi olib borildi. 


So'ngi yangiliklar
Loyihaning so’nggi yangiliklari bilan tanishishingizni taklif etamiz. Barcha yangiliklar bu yerda
03 Oct
Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

Hududiy O'quv Markazlarda loyihaning barqarorligi: Qoraqalpog'iston

3 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish
02 Oct
"Uzbekiston - Yunoniston" Biznes Forumi

Toshkentda 30 sentyabr- 1oktyabr kuni "O'zbekiston-Yunoniston" Biznes Forumi bo’lib o’tdi.

2 Oktyabr 2017 | Davomini o'qish
11 Sep
Networking Event of MTP Internship Participants

Project MTP internship participants organized second in a row networking event for new business connections and exchange of business contacts and ideas.

11 Sentyabr 2017 | Davomini o'qish
28 Aug
BIZNESNI QO’LLAB-QUVVATLOVCHI TASHKILOTLARNING XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH BO’YICHA MUROJAT

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan MTP loyihasi malaka oshirish bo’yicha murojaatnomalar qabulini e’lon qiladi.

28 Avgust 2017 | Davomini o'qish