Promotional events

BIZNESNI QO’LLAB-QUVVATLOVCHI TASHKILOTLARNING XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH BO’YICHA MUROJAAT

Boshlanish: 9 Fevral 2018
Bitirish: 23 Fevral 2018
Ro'yxatga olish boshlanish: 9 Fevral 2018
Ro'yxatga olish bitirish: 23 Fevral 2018

BIZNESNI QO’LLAB-QUVVATLOVCHI TASHKILOTLARNING (BQQT) XODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH BO’YICHA MUROJAATNOMALAR QABUL QILINADI

 

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “ MTP - O’zbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) korxonalari rahbarlarining salohiyatini mustahkamlash” loyihasi Yevropa Ittifoqi (YeI) tashkilotlarida O’zbekistondagi Biznesni Qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlarning (BQQT) xodimlari uchun malaka oshirish bo’yicha murojaatnomalar qabulini e’lon qiladi. Malaka oshirish qatnashchilar va MTP Loyihasi bilan o’zaro kelishuv asosida tanlangan Yevropa Ittifoqining 28 mamlakatlaridan birida joylashgan BQQTlarda bo’lib o’tadi.

 

Loyihaning trening va malaka oshirilishida qatnashish barcha tanlangan qatnashchilar uchun bepuldir. Transport harajatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida joylashish, vizalar va sug’urtalashga aloqador va qolgan barcha harajatlar MTP Loyihasi tomonidan qoplanadi. 

 

Qatnashish uchun talablar:

 

BQQT uchun:

1.     BQQT (notijorat) O’zbekiston hududida o’z faoliyatini kamida 3 yil mobaynida olib borish;

2.     O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, shu jumladan firmalarning eksport salohiyatini mustahkamlash, import o'rnini bosish va boshqalar sohasida faoliyat olib borish;

3.     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash

 

BQQT hodimlari uchun:

1.     Tugallangan oliy ma’lumot;

2.     O'zbekistonda KBXTning rivojlanishiga amaliy ko'mak berish tajribasi;

3.     Ingliz tilini (yoki qabul qiluvchi YeI davlat tilini) yaxshi bilish;

4.     Yaxshi muloqot va taqdimot ko’nikmalari;

5.     Kompyuterdan va Internetdan yaxshi foydalana olish.

 

Faqatgina hamma shartlarni qoniqtiradigan BQQT nomzodlari ariza topshirishga haqli. Nomzodlar topshiruvchi BQQTning hamma shartlarni qoniqtirishini ishonch hosil qilishlari lozim.

 

 

 

ARIZANI QANDAY TOPSHIRISH

 

Nomzodlar arizani kochirib olib, uni kompyuterda toldirib, chop etib qol qoyishlari kerak va topshirayotgan BQQTning muhrini qoyishlari kerak. Qol qoyilgan va muhr qoyilgan arizani skanerdan otkazib, mtpeu.uz@gmail.com adresiga electron pochta orqali PDF formatida yuborishlari kerak.

  

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni konvertda yopilgan holda loyiha vakolatxonasiga olib kelishlari shart yoki pochta orqali yuborishlari lozim.

 

Hujjatlar MTP loyihasi vakolatxonasiga 23 fevral 2018 yil, soat 17:00 dan kechiktirmay olib kelishlari shart. Faqatgina 23 fevral 2018 yil, soat 17:00gacha qabul qilingan hujjatlar korib chiqiladi.

 

 

KERAKLI HUJJATLAR

  1. Qo’l qo’yilgan va BQQT muhri qo’yilgan ariza;
  2. BQQT tashkiliy tuzilmasi;
  3. PowerPoint formatida qisqa taqdimoti (chop etilgan);
  4. YeI BQQTdan taklifnoma xati (agar bo’lsa);
  5. Nomzodning rezyumesi (erkin tarzda ingliz tilida);
  6. BQQTning ro’yxatdan o’tganligi guvohnomasi va nizom hujjatining;
  7. Nomzodning pasport nusxasi;
  8. Nomzodning universitet diplomi;
  9. Nomzodning umumiy ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi nusxasi / ma’lumotnoma);
  10. BQQTning xodimlar bo’limidan berilgan nomzodning lavozimini tasdiqlovchi ma’lumotnoma

 

ARIZANI YUKLAB OLISH

Project MTP Office Address

Avenue 4, Amir Temur Street, 100047 Tashkent, Uzbekistan