Birinchi bosqich natijalari

“Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi (MTP) - O’zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rahbarlari salohiyatini mustahkamlash” dasturi 2013 yildan beri faoliyat olib bormoqda va 2018 yilning Sentyabr oyigacha davom etishni mo’ljallanmoqda.

Loyiha korxonalarga o’z biznesini kengaytirish va binobarin, Yalpi Ichki Mahsulot (YaIM) o’sishi va yuqori bandlik bo’yicha iqtisodiyotiga hissa, Yevropa kompaniyalari bilan birga ishlash uchun vositalarni ta’minlash, O’zbekistonda kichik va hususiy korxonalar sektori saloyihatini oshirish uchun noyob imkoniyat beradi.   

Loyihaning birinchi bosqichida KBHTning 112 menejeri va BQTning 14 nafar mutahassislari malaka oshirish dasturida ishtirok etdilar va Yevropa Ittifoqi davlatlarining kompaniyalarida 2-4 hafta vaqt o'tkazdilar. Yevropa Ittifoqida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda/korxonalarda malaka oshirish jarayonida qatnashchilar Yevropa zamonaviy boshqaruv uslublarini o’rganishdi, qimmatli amaliy tajriba orttirishdi, o’zaro hamkorlikning potensialini o’rganishdi, Yevropa korxonalari bilan aloqa o’rnatishdi, shuningdek, biznes g’oyalarga to’la va yangi shartnomalar bilan qaytishdi.

Shuningdek, loyiha doirasida MTP-ning ishtirokchilari uchun treninglar, shaxsiy maslahatlashuvlar va tarmoq tadbirlari tashkil etildi. Bundan tashqari, Latviya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va Germaniya singari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida axborot tadbirlar o'tkazildi  va bu tadbirlarda 700 ga yaqin Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etishdi.

Loyiha KBHT rahbarlarining erishgan yutuqlarini aniqlash va MTP malaka oshirish dasturining professional va shaxsiy hayotiga ta'siri, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlariga o'sish, kengayish va umumiy yaxshilash bo'yicha ta'sirini aniqlash maqsadida tekshiruvlarini o'tkazdi.

Loyihaning ikkinchi komponenti O'zR SSP uchun turli mavzular bo'yicha 12 ta noyob o'quv qo'llanmalarni ishlab chiqildi, viloyatlarda o'quv markazlarida (O’M) bir qator seminarlar tashkil etdi, CA dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam berdi; beshta hududiy markazlar ish uchun davlat litsenziyalarini oldi. Ushbu o'quv markazlari tomonidan tashkil etilgan oltita seminar, ularning barqarorligini isbotlaydi. Bundan tashqari, malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlash uchun dastur ishtirokchilariga tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazildi.

MTP Loyihasining Salohiyatni mustahkamlash dasturi Biznesni Qo’llab-Quvvatlovchi Tashkilotlarning (BQT) hamda biznes trenerlarning salohiyatini “Trenerlar uchun Trening” (ToT) dasturi orqali o’stirishga qaratilgan.

 

Yangi bosqichda ushbu komponent 30 dan ortiq hududiy BQT lar bilan yaqin hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, yangi tashkil etilgan markazlarning barqarorligi va rivojlanishini ta'minlash uchun O’quv markazlarning ishchi guruhlariga zarur bilim va ko'nikmalarni o’rgatish rejalashtirilgan. Bunga loyihaning asosiy benefitsiari bo’lmish O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi (O'zR SSP) ostidagi oltita O’Mning ish joylarida ko'maklashish orqali erishiladi. Markaz faoliyati mahalliy KBHTlarga qisqa muddatli maqsadli o'qitishni ta'minlashga qaratilgan.

 

Bundan tashqari, Salohiyatni oshirish komponentining mutaxassislari Yevropa Ittifoqi davlatlarida malaka oshirish uchun tanlanadigan kichik biznes menejerlari va xususiy tadbirkorlar uchun tayyorgarlik treningini tashkil etish va o'tkazish jarayonida ishtirok etishni rejalashtirmoqdalar. Treninglar o'zbekistonlik tadbirkorlarning Yevropa kompaniyalarida madaniy xilma-xillik va biznes etikasiga tayyor bo'lishlari uchun va Yevropada samarali muloqot qilish imkoniga ega bo'lishlarini ta'minlash uchun o'tkaziladi.

 

O’quv Markazlarning manfaatdor tomonlar bilan ishlashning yakuniy natijasi - O'zbekiston viloyatlarida KBHT sub'ektlarini o'qitish uchun imkoniyatlarini kashf etadigan o'zgarish agentlarini yaratish va rivojlantirishdir.